Uzum, Wildberries, Ozon va Yandex Market: API kalitini qanday olish
Kalit — do'koningizni tashqi dasturga ulaydigan parol. Quyida to'rtala kabinet uchun qadamlar, kerakli ruxsatlar va sotuvchilar ko'pincha xato qiladigan sozlama.
API kaliti nima va nega kerak
Marketplace kabinetida ishlaganingizda saytga o'zingiz kirasiz. Dastur esa sizning o'rningizga kira olmaydi — unga alohida kalit beriladi: qaysi ma'lumotni o'qishi va nimani o'zgartirishi mumkinligini siz belgilaysiz. Kalitni istalgan payt kabinetdan bekor qilsangiz, dastur o'sha zahoti do'koningizga kira olmay qoladi.
Kalitni hech kimga yubormang — na chatda, na skrinshotda. Uni faqat ishonchli dasturning kalit kiritish maydoniga qo'yasiz.
Quyidagi qadamlar — SavdokuBot'ning «Ulash» ekranida chiqadigan yo'riqnomaning aynan o'zi. Shuning uchun «quyiga joylashtiring» deganda bot ichidagi kalit maydoni nazarda tutiladi. Kabinet yo'llari marketplace'larning rasmiy API hujjatlaridan olingan.
Uzum
Uzum Seller → Mening profilim → API
- seller.uzum.uz → Mening profilim → API kalitlar boʻlimiga oʻting.
- Token yarating va nusxalab, quyiga joylashtiring.
- Bitta token bir nechta doʻkonga ishlaydi — kerak boʻlsa “Doʻkon ID”ni ham kiriting.
Ruxsat: Bitta token yetarli. Koʻp doʻkon boʻlsa — “Doʻkon ID” (ixtiyoriy) bilan aniqlang.
Wildberries
Wildberries Hamkorlar → Sozlamalar → APIʼga ruxsat
- seller.wildberries.ru saytiga kiring → Sozlamalar (Настройки) → APIʼga ruxsat (Доступ к API).
- “Yangi token yaratish”ni bosing va unga nom bering.
- Kategoriyalarni belgilang: Kontent, Marketpleys, Narxlar va chegirmalar, Statistika, Analitika, Reklama (Продвижение), Moliya.
- “Faqat oʻqish” (Read only) ni QOʻYMANG — bot qoldiq va narxni yangilashi uchun yozish ruxsati kerak.
- Tokenni nusxalab, quyidagi maydonga joylashtiring.
Ruxsat: Kerakli kategoriyalar + Read & Write. Token 180 kun amal qiladi. Muddati tugashiga 14 va 3 kun qolganda men sizni ogohlantiraman — tokenning oʻz ichidagi sana boʻyicha; yangilashga ulgurmasangiz, ishlamay qolgan zahoti ham xabar beraman.
Ozon
Ozon Seller → Sozlamalar → Seller API
- seller.ozon.ru → Sozlamalar (Настройки) → Seller API boʻlimiga oʻting.
- “API kalit yaratish” (Сгенерировать ключ)ni bosing, rolni Admin qilib tanlang.
- Client-Id va Api-Keyʼni nusxalab, quyiga joylashtiring.
- Reklama hisobotlari kerak boʻlsa (ixtiyoriy): Performance APIʼda alohida Client-Id va Client-Secret yarating.
Ruxsat: Client-Id + Api-Key, Admin roli. Reklama — alohida Performance kaliti (ixtiyoriy).
Yandex Market
Yandex Market Hamkor → Sozlamalar → API
- partner.market.yandex.ru → Sozlamalar → API (API-ключи) boʻlimiga oʻting.
- Yangi API-Key yarating va kerakli barcha ruxsatlarni belgilang: buyurtma, narx, qoldiq, hisobotlar.
- API-Key (48 belgi)ni nusxalab, quyiga joylashtiring.
Ruxsat: API-Key barcha kerakli ruxsatlar bilan (buyurtma, narx, qoldiq, hisobot).
Ko'p uchraydigan xato: «faqat o'qish»
Wildberries'da token yaratayotganda «Read only» belgilansa, dastur qoldiq va narxni o'zgartira olmaydi — faqat ko'radi. Tashqaridan bu «ulanmadi»ga o'xshaydi, aslida kalit tor. Ozon'da xuddi shunday rol muhim: Admin bo'lmasa, ba'zi bo'limlar yopiq qoladi.
Kalitni bergandan keyin nima bo'ladi
SavdokuBot kalitni shifrlangan holda saqlaydi va uni javob matnlarida ham, loglarda ham ko'rsatmaydi. Kalitni kabinetdan bekor qilsangiz — ulanish o'sha zahoti kuchini yo'qotadi.
Kalit ishlamay qolganda (masalan, muddati tugasa) sinxronizatsiya to'xtaydi va bot sizga xabar beradi. Bu muhim: ogohlantirishsiz to'xtagan sinxron — qoldiq haqiqatdan uzoqlashishining eng keng tarqalgan sababi.
Kalitni ulashga tayyormisiz?
Botni oching, «Ulash» ni bosing — shu qadamlar ekranda ochiladi. Hali tayyor emasmisiz? Avval namuna do'konda mahsulotni kalitsiz ko'rib chiqing.
Botni ochish Kalitsiz ko'rib chiqish